adizbek ergashev
team lead · backend va ai muhandisi · toshkent
backend muhandisiman. sakkiz yildan beri yuqori yuklamali, production darajasidagi servislar quraman — asosan python va fastapi da asinxron mikroxizmatlar, shuningdek ko‘p gpuli serverlarda mahalliy llm inference stack.
so‘nggi ikki yildan beri asosiy ishim llm, stt va tts modellarini production muhitiga olib chiqish va masshtablash. loyihalarni arxitekturadan tortib ishga tushirilgunicha olib chiqqanman, shu bilan birga texnik jamoalarga rahbarlik qilganman.
hozir nima qilyapman
ish tajribasi
neuronai.uz
real vaqtdagi ovozli konveyer: streaming stt → llm → tts, umumiy kechikish bir soniyadan kam. ko‘p gpu li apparatda vllm va sglang orqali mustaqil inference stack. o‘zbek stt uchun whisper large v3 ni ~1000 soat / 513k namunada fine-tune qildim, o‘zbekcha ovoz uchun cosyvoice va orpheus tts ni moslashtirdim.
robocontest.uz
minglab ishtirokchi uchun c++, java, python yechimlarini kompilyatsiya qiluvchi sandbox va avtomatik baholash tizimi. redis, rabbitmq, mysql va docker asosidagi backend musobaqa vaqtidagi yuklama cho‘qqilariga bardosh beradi.
realsoft · call24.uz
4 dasturchidan iborat jamoa bilan omnikanal aloqa platformasini noldan qurdim: vue.js, nestjs, mongodb va redis, nats orqali messaging. chatbot, veb-vidjet, telegram, instagram, facebook va asterisk telefoniya integratsiyalari.
realsoft · collective.uz, platon.uz
xavfsiz elektron hujjat aylanishi tizimini boshdan-oyoq: node.js, postgresql, rabbitmq va redis, docker da konteynerlangan masshtablanuvchi yechim. low-code platforma konstruktorining frontendi.
umbrella soft · freelance
full-stack mahsulot ishlab chiqish; veb-arxitektura va foydalanuvchi tizimlari.